FAYZOBOD XONAQOHI

FAYZOBOD XONAQOHI – Buxorodagi me’moriy yodgorlik (1598-99). Abdullaxon II davrida Do’stum Devonbegi tomonidan qurdirilgan. Fayzobod xonaqohi ko’p xonali, peshtoqgumbazli, tarhi 35*28,8 metr. Markazida gumbazli katta xonaqoh (12,7×12,7 metr), 3 tomondan ravoqli bostirma (galereya) o’rab turadi. Old tomonida ulkan peshtoq, 2 yon tomonida 2 qavatli hujralar xamda ravokli yo’lak joylashgan. Peshtoq va hujrapar tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan, xonaqoh gumbazi 8 qirrali poygumbazga o’rnatilgan. Xonaga yorug’lik poygumbazdagi darchalardan tushadi. Xonaqoh ichi, gumbaz osti qirma pardozi naqsh bilan nafis bezatilgan. Kulrang va sariq ganchdan o’yib islimiy naqsh ishlangan. Bag’allari muqarnas bilan, hoshiyasi sodda naqshlar bilan ziynataangan. Fayzobod xonaqohi ochiqravoqli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. Vayronaga aylangan Fayzobod xonaqohi 20-asrning 70-80 yillarida Buxoro maxsus ilmiy ta’mirlash ishlab chiqarish ustaxonasi (ustalar A. Haitov, R. Qurbonov va boshqalar) tomonidan qayta tiklangan.