FAZA TEZLIGI

FAZA TEZLIGI — monoxromatik, ya’ni garmonik to’lqin fazasining fazoda ko’chish tezligi. Faza tezligi to’lqin muhitda tarqalganida turli chastotalarda Qar xil bo’ladi (dispersiya hodisasi). Shu sababli Faza tezligi tushunchasini nomonoxromatik to’lqinlar uchun qo’llab bo’lmaydi. Bu qolda guruh tezligi va to’lqin fronti tezligi tushunchalari qo’llaniladi. Dispersiya bo’lmagan holda (masalan, elektromagnit to’lqinlarning bo’shlikda tarqalishida) bu uchala tezlik o’zaro teng bo’ladi.