Federatsiya, federativ davlat

Federatsiya, federativ davlat (lotincha federatsio – ittifoq) – bir necha davlatning bitta davlat bo`lib birlashishi. Federatsiyaga birlashgan davlatlar mustaqilligini saqlaganlari holda yagona federativ davlat organlariga, yagona armiyaga, yagona fuqarolikka ega. Qonunlari federatsiyaning butun hududi uchun majburiydir.