FENOL
FENOL, karbol kislota, o k sibenzol, S6N5ON — o’ziga xos hidli, rangsiz kristall modda. Saqlab qo’yilganda pushti rangga kiradi. Molekulyar modda 94,11, suyuqlanish temperaturasi 40,9°, qaynash temperaturasi 181,75°, zichligi 1058 kilogramm/metr kub. Spirt, efir, atseton, xloroformda yaxshi, suvda bir oz eriydi. Kuchsiz kislota xususiyatiga ega, ishqorlar bilan fenolyatlar hosil qiladi. Fenol toshko’mir smolasidan olinadi. Fenolning sanoat ko’lamida sintezlab olinishi izopropilbenzol gidroperoksidni kislotalar bilan parchalashga asoslangan. Fenol fenolformaldegid smolalar, kaprolaktam, pikrin kislota, turli bo’yagichlar va pestisidlar, dori moddalari ishlab chiqarishda qo’llanadi. Teriga tekkanda kuydiradi: havoda 0,005 mg/litrdan ko’p bo’lmasligi lozim.