FENOL FORMALDEGID SMOLALAR

FENOL FORMALDEGID SMOLALAR — fenol bilan formaldegidnnng polikondensatlanishidan hosil bo’lgan mahsulotlar. Boshlang’ich moddalar miqsorining nisbati va muhitning rayoniga qarab reaktsiya natijasida faqat qo’shimcha kimyoviy reagentlar ishtirokida qotadigan Fenol formaldegid smolalar (novoloklar) yoki hech qanday reagentlar ishtirokisiz qotadigan Fenol formaldegid smolalar (rezollar) hosil bo’lishi mumkin. Fenol formaldegid smolalar issiqqa va sovuqqa chidamli, elektroizolyasion xossaga ega, spirt va atsetonda eriydi, rangi och sariqdan jigarranggacha bo’lib, quyosh nuri ta’sirida yoki ishlab chiqarish jarayonida to’qjigarrang yoki hatto qora rangga o’tadi. Fenol formaldegid smolalar fenoplastlar, yelimlar va loklar ishlab chiqarishda qo’llanadi.