FENOLLAR

FENOLLAR — gidroksil guruhlari aromatik yadro uglerod atomlari bilan bevosita bog’langan oksi hosilali aromatik birikmalar. Molekulasidagi gidroksil guruh soniga qarab Fenollar 1 atomli, 2 atomli va kup atomli bo’ladi. 1 atomli fenollar gomologik qatorining 1vakili — oksibenzol S6N5 on odatda fenol xam deyiladi. Toluolning oksi hosilasi (metilfenollar) o, m va lkrezollar, ksilollarning oksi xreilalari esa ksilollar deyiladi. Naftalin qatorining fenollari naftollar deb ataladi. Oddiy 2 atomli Fenollar odioksibenzol — pirokatexin, m dioksibenzol — rezortsin va ldioksibenzol — gidroxinon deb nomlanadi. Ko’p atomli Fenollar pirogallol, floroglyusin deyiladi. Ko’pchilik Fenollar rangeiz kristallar, ayrimlari suyuq moddalar. Ba’zi Fenollar o’ziga xos o’tkir hidli. Oddiy Fenollar suvda bir oz, deyarli barcha Fenollar spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Fenollarning spirtlardan farqi shuki, ular kuchsiz kislotalar; ishqorlar bilan osongina reaktsiyaga kirishib tuzeimon moddalar — fenolyatlar (masalan, C6H;ONa) hosil qiladi. Ko’pgina Fenollar oson oksidlanadi. Fenollarni sintezlashda tegishli galogen hosilalari gidrolizidan (mis tuzlari ishtirokida) foydalaniladi. Fenollar arildiazoniya tuzlari eritmasini qizdirib va boshqa usullarda ham olinadi. Toshko’mir smolasi va qo’ng’ir ko’mirning birlamchi dyogoti (chirki) Fenollar qatorlarining muhim manbai hisoblanadi. Ba’zi Fenollar antiseptiklar, antioksidlovchi sifatida qo’llanadi. Fenollar fenolformaldegid smolalar, poliamidlar va boshqa polimerlar olishda ko’plab ishlatiladi. Fenollar asosida buyagichlar, dori va parfyumeriya preparatlari, pestisidlar, plastifikatorlar, sirt faol moddalar va boshqa sintez qilinadi. Fenollar zaharli.