FEOD
FEOD (so’nggi lotincha feodum) — o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada senor tomonidan o’zining vassaliga merosiy mulk sifatida in’om etilgan yerlar (yoki qayd etilgan daromad). Buning evaziga vassallar harbiy, saroy (senorial sudlarda ishtirok etish, senoriyani boshqarish va boshqalar) xizmatlarini o’tashlari, udumga binoan, tegishli badal pulini to’lashlari lozim bo’lgan.