FEOFAN GREK
FEOFAN GREK (taxminan 1340 — 1405 yildan keyin) — rus rassomi, miniatyura va monumental san’at ustasi; ikona san’ati taraqqiyotida muhim rol o’ynagan hamda o’ziga xos maktab yaratgan. Feofan Grek asarlariga ko’tarinki ruh, obrazlariga emotsional dramatik talqin, dinamik kompozitsiya, aniq chizma, qat’iy kolorit, nafis dadil tasvirlar xos. Asosan, Vizantiya va qadimgi Rusda ishlagan, Konstantinopol, Feodotsiya, Novgorod, Nijniy Novgorod, Moskvada 40 ga yaqin cherkovlarni freska, ikona, miniatyuralar bilan bezagan. Moskva Kremlidagi Blagoveshchensk ibodatxonasiga Andrey Rublev bilan ikonalar («Spas», «Havoriy Pavel», «Buyuk Vasiliy» va b.) yaratgan; Moskvada ustaxona ochgan, «donlik Bibi Maryam» ikonasi shu yerda yaratilgan deb taxmin qilinadi (1380 yoki 1392). Feofan Grek ijodi juda kup rus rassomlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Feofilakt Simokatta (7 asr) Vizantiya tarixchisi. Imperator Irakliy (610-641)ning maslahatchisi. Feofan Grekning asosiy asari «tarixlar» (yoxud «jaxrn tarixi») — imperator Mavrikiy hukmronligi davri (582— 602)ni bayon etuvchi muhim manba. Unda Vizantiyaning eftaliplar, ayniqsa, Turk xoqonligi bilan munosabatlari haqida ma’lumotlar bor.