FERDINAND

FERDINAND (Ferdinand) — «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatorlari ismi. Ferdinand I (1503-64) — imperator (1556 y.dan), Avstriya ersgersogi; Chexiya va Vengriyaning Gabsburglar sulolasidan chiqqan 1-qiroli (1526 yildan). Karl V ning ukasi. Ferdinand II (1578-1637) — imperator (1619 yildan). Gabsburglar sulolasidan bo’lgan Avstriya ersgersogi. Kontrreformasiya siyosatini yurgizgan. 1618 — 48 yillardagi o’ttiz yillik urushnchng boshlang’ich davrida gabsburglarkatoliklar guruhiga rahbarlik qilgan. Ferdinand III (1608-57) — imperator (1637 yildan), Gabsburglar sulolasidan bo’lgan Avstriya ersgersogi. Uning davrida o’ttiz yillik urush (161848) tugagan.