«FERGANA OYL»

«FERGANA OYL» («Fergana Oil» — «Farg’ona nefti») — 19-asr oxirida akauka Nobellar tomonidan Rossiyada tashkil etilgan xalqaro neft birlashmasining Farg’ona vodiysidagi mahalliy bo’limi, kompaniya; 1917 yildagi oktyabr to’ntarishiga qadar Farg’ona vodiysiga Kavkaz va Cheleken (Turkmaniston)dan keltirilgan neftni qayta ishlash, neft qidiruv ishlari, neft qazib olish va shu kabilar bilan shug’ullangan. Uning faoliyatida AQSh va Angliya kapitali ham etakchi rol o’ynagan. «Fergana oyl» kompaniyasi Farg’ona vodiysida Chimyon, Moylisoy, Qizilqiya kabi dastlabki neft konlarini ochgan. Vannovskaya hoz. (Oltiariq) temir yo’l stansiyasida neftni qayta ishlash z-dini qurgan. Unga vodiydagi neft konlari, neft mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, shuningdek, neftni qayta ishlovchi korxonalar qaragan. 1918 yilda tog’kon sanoati natsionalizasiyasi asosida «Fergana oyl»ning barcha mulki sovet davlati qo’liga o’tgan.