FERMI (FERMI) ENRIKO

FERMI (FERMI) ENRIKO (1901.29.9, Rim — 1954.28.11, Chikago) — italyan fizigi. Milliy akademiya a’zosi (1935). Piza universitetini tugatgan (1922). Gyottingen, Leyden, Rim, Florentiy universitetlarida ishlagan. Rim universiteti professor (192638), AQShga ko’chib o’tgan (1938), Kolumbiya universiteti professor (193942), Chikago universiteti professor (1942-45). Losalamos laboratoriya bo’lim boshligi (1944— 45), Chikago yadro tadqiqotlari institutida professor (1946 yildan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, statistik mexanika, kosmik nurlar, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va texnik fizikaga oid. Fermi yadro fizikasi, neytron fizikasi, kvant statistikasi, metallar fizikasi va boshqa yaratuvchilaridan biri; yadro energiyasini o’zlashtirish Amerika dasturi ishtirokchisi, Italiya va AQShda ilmiy maktab yaratgan. Nazariy va eksperimental fizikaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Pauli printsipiga bo’ysunuvchi zarralar statistikasini ishlab chiqqan (1925), Remirilishning miqdoriy teoremasini yaratgan (1934), neytronlar tufayli sun’iy radioaktivlikni va moddada neytronlarning sekinlashish hodisasini kashf etgan (1934). Nobel mukofoti laureati (1938).