FERRO

FERRO, Ierro — Atlantika okeanidagi Orol, Kanar orollari guruhida. Ispaniya hududi. Maydoni 275 kilometr kvadrat. Eng baland joyi 1501 metr. Iqlimi tropik quruq iqlim. Issiq buloqlar bor. Endemik o’simlik turlariga boy. Aholi dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Echki va qo’y, qoramol boqiladi. Bosh shahri — Valverde. 1884 yilgacha bir qancha mamlakatlarda Ferro (taxminan 18° G’.u.) orqali o’tkazilgan meridian boshlang’ich meridian sifatida qabul qilingan edi.