FETISHIZM

FETISHIZM (portugalcha feitico, fr. fetiche sehrli narsa, tumor) — g’ayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar fetishlarga sig’inish. Sig’inish obyektlari, ya‘ni fetishlar tosh, tayoq, ko’zmunchoq, tumor va har qanday buyum bo’lishi mumkin. Fetishizm dinning qadimiy unsurlaridan biri. Barcha ibtidoiy xalqlarda bo’lgan.