Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi davrida Samarqand

Rossiya proletariatining bolsheviklar rahbarligidagi revolyutsion kurashi, Rossiya harbiy-feodal imperializmining krizisini chuqurlashtirib yuborgan jahon urushi, Rossiya imperiyasidagi mazlum xalqlarning milliy ozodlik harakati podsho hukumatini halokatga olib keldi. 1917 yil fevralida Rossiya burjua-demokratik revolyutsiyasi amalga oshdi.

Fevral revolyutsiyasining g’alabasi to’g’risidagi xabar yashin tezligida butun mamlakatga tarqaldi. Podsho hukumati ag’darilgan kunning ertasiyoq telegraf ana shu tarixiy voqea haqida Toshkent, Samarqand va Turkiston o’lkasining boshqa shaharlariga xabar berdi. Podsho ma’muriyati monarxiyani qayta tiklashga umid bog’lab va yangi revolyutsion hamda milliy ozodlik kurashidan xavfsirab, bu xabarni xalqdan yashirish uchun harakat qildi. Mustamlakachi ma’murlar chorizm ag’darilgandan keyin oradan to’rt kun o’tgandan so’nggina mamlakatda yuz bergan voqealar to’g’risida matbuotda xabar berdi.

Samarqand mehnatkashlari podsho monarxiyasining ag’darib tashlanganligi haqidagi xabari zo’r xursandchilik bilan kutib oldi. Bu voqeani ishchilar, soldatlar, eski shahar kambag’allari katta namoyish o’tkazish bilan nishonladilar. 1917 yil 5m artda eski va yangi shaharning ko’p ming kishilik koloniyalari qizil bayroqlar va revolyutsion shiorlar ko’tarib, namoyishga chiqishdi. Ular gornizonning harbiy qismlari bilan birga revolyutsion qo’shiqlar aytib, Samarqandning asosiy ko’chalardan o’tishdi.

Oradan bir necha kun o’tgach, qadimiy Samarqand yanada kattaroq umumxalq yurishlarining guvohi bo’ldi. Turkiston o’lkasining boshqa shaharlarida bo’lgani singari bu yerda ham chor samoderjaviyesining ag’darib tashlanganligi munosabati bilan 10 martda bayram o’tkazildi. Mahalliy gornizon qo’shinlari paradi va mehnatkashlar namoyishida 12 mingga yaqin kishi qatnashdi.

Chorizm ag’darilganidan keyin dastlabki haftalar xalq ommasining Muvaqqat hukumatga ongsiz ravishda ishonishi bilan xarakterlanadi. Ular bu hukumatni soddadillik bilan revolyutsion hukumat edb hisobladi. Mensheviklar, eserlar va burjua millatchilari mehnatkashlarning “revolyutsion xom xayolini” zo’r berib qo’llab-quvvatldi. Samarqand mehnatkashlarining chorizm ag’darilganligi munosabati bilan o’tkazgan mitingi va yig’ilishlarida Muvaqqat hukumatni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan rezolyutsiyalar tez-tez qabul qilindi. Ana shu xom xayollarning tarqalishi va burjua Muvaqqat hukumatining xalqqa qarshi mohiyatiga mehnatkashlar o’z tajribalarida ishonch hosil qilishi, unga qarshi kurash yo’liga aktiv kirishishi uchun muayyan vaqt talab qilinardi.

Fevral revolyutsiyasi BUtun ROssiyadagi singari Turkiston ishchi va dehqonlarining ahvoliga ham jiddiy o’zgartishlar kiritmadi. Ishlab chiqarish qurollari va vositalari hamda butun hokimiyat avvalgidek mulkdor sinflar qo’lida qolaverdi. Sovetlrning talabi va ommaning tazyiqi ostida olib tashlamngan general-gubernator Kuropatkinning o’rniga Tutkiston komiteti tuzildi. Bu komitet mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi.

Shu bilan birga, Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi mehnatkashlar ommasining siyosiy aktivligini yanada keng quloch yozdirdi. Ishchi deputatlari Sovetlari va soldat deputatlari Sovetlarining tuzilganligi ommaning ijodiy tashabbusi barq urganligining yorqin namunasi bo’ldi. Keyinchalik bu Sovetlar hamma joyda birlashdilar.

Samarqandda ham Fevral revolutsiyasining dastlabki kunlaridayoq ishchi va soldat deputatlari Sovetlari paydo bo’ldi. Podshoning ag’darib tashlanganligi munosabati bilan namoyish o’tkazilggan kuni yig’ilish bo’ldi. Bu yig’ilishda ishchilar, revolyutsion soldatlar va eski shahar kambag’allari Sovetlarga deputatlar sayladi. Saylangan deputatlardan 18 kishi esa shahar vakili edi. Ular orasida Abbosxo’ja Oqilxo’jayev, To’laboy Jo’rayev, Usta Qobil Hayitov va boshqalar bor edi. 117 yilning martida vujudga kelgan ishchi deputatlarining Samarqand Soveti, Samarqand gornizoni soldat va ofitser deputatlari Soveti va Samarqand stantsiyasi ishchi deputatlari Soveti dastlabki vaqtlarda alohida-alohi ish yuritishardi, aprel oyida esa ular soldat, ishchi va musulmon deputatlari Sovetiga birlashdi. Mamlakatdagi boshqa Sovetlar singari Samarqnad Soveti ham o’sha davrda ishchilar sinfi bilan dehqonlarning revolyutsion demokratik diktaturasini ifoda etar edi.

Samarqand Sovetidan keyin oblastning boshqa shaharlarida ham Sovetlar paydo bo’la boshladi. 8 martda Xo’jandda ishchi va soldat deputatlarining Soveti tuzildi. 1917 yilning bahorida Kattaqo’rg’on, Jizzax, O’ratepada soldat deputatlari Sovetlari va Suluqga konida ishchi deputatlari Soveti tashkil etildi.

Butun mamlakatda bo’lgani singari Samarqand va oblastning boshqa shaharlaridagi Sovetlarda ham dastlabki paytlarda murosachilar – eserlar va va mensheviklar rahbarlik lavozimlarni egallab olgandi. V.I.Lenin Fevral revolyutsiyasi g’alabasidan keyingi dastlabki davrda Sovetlarning sostavi to’g’risida gapirib, quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “Ishchi deputatlari Sovetlarning ko’pida, burjuaziya ta’siriga berilgan va proletariatga burjuaziya ta’sirini o’tkazadigan… barcha mayda burjua opportunist elementlarning blokiga nisbatan bizning partiyamiz ozchilik va hozircha juda ozchilik…”.

Samarqand va oblast uyezdlaridagi Sovetlar bilan bir qatorda Muvaqqat hukumatining mahalliy organlari – jamoat xavfsizligi ijroiya komitetlari tashkil etildi. Ular sostaviga rus va milliy burjua vakillari, ofitserlar, shuningdek, mensheviklar vea eserlarning vakillari kirshi. Shu tariqa Samarqandda ham ikki hokimiyat: bir tomondan, burjua Muvaqqat hukumatining mahalliy organi bo’lgan jamoat xavfsizligi ijroiya komiteti va, ikkinchi tomondan, revolyutsion hokimiyat organi hisoblangan soldat, ishchi va musulmon deputatlari Soveti vujudga keldi.

Jamoat xavfsizligi ijroiya komitetining butun faoliyati burjua Muvaqqat hukumat hokimiyaitni saqlab qolish va mustahkamlashga qaratilgan edi. Ijroiya komitet shahar militsiyasini tashkil etish, Muvaqqat hukumatning oblast va shahar komissarlarini saylash ishlarida juda aktiv qatnashdi.

Shuni aytish kerakki, boshda jamoat xavfsizligi ijrokomi shahar va oblastda eski, chor apparatinign daxlsizligini saqlab qolishga urinib ko’rdi. Lekin xalq ommasi va Sovetning tazyiqi ostida u oblast harbiy gubernatorini vazifasidan bo’shatishga majbur bo’ldi, uning o’rniga Muvaqqat hukumatning komissari polkovnik Slinkoni tayinladi.

Samarqandda omma orasida chinakam revolyutsion, eng ta’sirchan tashkilot Muvaqqat hukumatning ijroiya komiteti emas, balki ishchi va soldat deputatlarining Samarqand Soveti edi.

1917 yil 7 martda Samarqandda sotsial-demokratik guppa tuzildi. Dastlabki vaqtlarda u birlashgan bo’lib, unga bolsheviklar ham, mensheviklar ham kirgan edi. 1917 yilning yoziga kelib, RSDRP ning Samarqand tashkiloti safida 56 a’zo bor edi. Boshda mahalliy sotsial-demokratlar eserlar bilan birga ishladi, ular bilan birga kundalik “Svobodnoye slovo” gazetasini chiqardi, so’ngra u RSDRP Samarqand tashkilotining bolshevistik qanoti (A.I.Frolov, I.P.Fomenko, A.I.Teshayev, A.I.Ponomarev va boshqalar) tashkilotdagi menshevistik qismning murosachilik siyosatiga qarshi chiqa boshladi.

Armiya bolsheviklari: 731-Saratov drujinasining soldati, Samarqand bolsheviklarinign rahbarlaridan biri A.I.Frolov, 7-Sibir zapas o’qchi polkining soldati I.P.Fomenko, ana shu polning praporshiklari Ponomerev va Teshayevlar soldatlar, ishchilar va mahalliy kambag’allar orasida katta siyosiy va tashkilotchilik ishlarini olib bordilar. 1917 yil martida Ponomarev bilan Teshayev o’z polkidagi soldatlar oldida so’zga chiqib, Muvaqqaat hukumatning burjua mohiyati va urushning imperialistik harakatini fosh qilib tashladi. Samarqanddagi armiya bolsheviklari soldatlarinig 1917 yil aprelida o’tkazilgan “Butun hokimiyat Sovetlarga!” degan lenincha shiorlarni qattiq turib himoya qildilar. Frolovning Samarqand oblast ishchi va soldatlaridan 1 Butun Rossiya Sovetlarining sýezdiga deputat qilib saytlanganligi bolsheviklarning obro’si oshganligidan dalolat berardi. Samarqand bolsheviklaridan bir gruppasi 1917 yil 1 mayda 7-Sibir polkida o’tkazilgan yig’ilishda so’zga chiqib, imperialistik urushni qoralab gapirdi. Yig’ilishda urushning to’xtatilishini talab etuvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Urushga qarshi bunday rezolyutsiya Turkiston birinchi marta qabul etilgan edi.

Bir haftadan keyin Samarqand oblast ishchi va soldat deputatlari Sovetining 1 s’yezdida “Urushga munosabat to’g’risida” rezolyutsiya qabul qilindi. Bu rezolyutsiya ba’zi bir mudofaachilik qodalari (“separate sulh tuzmaslik”, “erkinlik zayomini qo’llab-quvvatlash”) bilan bir qatorda, “anneksiya va kontributsiyadan voz kechish”, “barcha xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash asosida sulh tuzish”) talablari ham bor edi. Rezolyutsiya kapitalistlarni “urushning bevosita aybdorlari” deb hisobladi va “urush keltirgan zarar va xarajatlarni kapitalistlar sinfisdan undirib olish”ni talab qildi. Rezolyutsiya “barcha mamlakatlarda imperizmga qarshi qaratilgan har qanday revolyutsion harakatni butun choralar bilan qo’llab-quvvatlashga” da’vat etdi.

Samarqand bolsheviklari Muvaqqat hukumat va uni qo’llab-quvvatlagan mensheviklar hamda eserlar siyosatining xalqqa zid mohiyatini ommaga chidam va sabot bilan tushuntirdi, mehnatkashlarni o’zlarinign siyosiy huquqlari va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun uyushqoqlik bilan kurash olib borishga da’vat etdi.

Bolsheviklar mahalliy kambag’allar orasida zo’r g’ayrat bilan katta ish olib bordilar. Mahalliy millat mehnatkashlarining revolyutsion kayfiyatdagi vakillari – Xo’ja Safo Jo’raboyev, Shamsiddin Ibrohimov, Shirinboyev, Azimboyev, Yo’ldoshev, Mirkomilov, Mahmudov va boshqa rus bolsheviklari tevaragiga sekin-asta jipslasha boshladilar.

Bolsheviklar Sovetda katta ish olib bordilar: ishchi va soldat deputatlarini birlashtiruvchi Samarqand Sovet sostaviga kirgan bolsheviklardan Frolov bilan Ponomaryov Sovetdagi kelishuvchi rahbarlarning sotqinligini fosh etdilar va Sovetni ommaning chinakam revolyutsion organiga aylantirishga harakat qildilar. Bolshevik deputatlarning tashabbusi va revolyutsion ommaning tazyiqi ostida Samarqand Soveti shahar va uyezddagi barcha lavozimdagi podsho ma’muriyatini ag’darib tashlash uchun birinchi bo’lib kurash boshladi va uni amalga oshirdi. Samarqand Soveti shaharda revolyutsion tartibni saqlashga, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashga, ishchilarning mehnat va turmush sharoitini yaxhilashga, mehnatkashlarni ma’rifatli qilishga qaratilgan ta’sirchan choralar ko’rdi.

Samarqand Sovetining ijobiy faoliyatini va xalq ommasi orasida katta obro’ qozonganligini burjua hokimiyati vakillari ham tan olishga majbur bo’ldi. Samarqand okrug sudining prokurori Toshkent sud palatasinign prokuroriga yo’llagan xatida quyidagilarni qayd qilib o’tgan edi: Samarqanddagi jamoat tashkilotlaridan “soldat va ishchi deputatlari Soveti obivatellar ko’z o’ngida eng obro’li bo’lib qoldi… Uning obro’si shu qadar balandki, obivatellar unga turli masalalr bo’yicha iltimos va shikoyat bilan, hatto er-xotinnig ajralishi to’g’risidagi iltimos bilan ham murojaat qilishadi. Ana shu tashkilotlarning (Sovetlarning – Muharrir) ishchi va soldatlar orasidagi ta’siri juda katta va uning gapiga ishchilar ham, soldatlar ham bajonidil quloq soladilar, ularni qo’llab-quvvatlashga doim tayyordilar”.

Bolsheviklar ishchilar sinfini uyushtirish borasida qizg’in ish boshlab yubordilar. Ular proletariat va boshqa mehnatkashlarning ommaviy sinfiy tashkilotlari – kasaba soyuzlarini tashkil etishga alohida e’tibor berdilar. Samarqnad bolsheviklarining xalq ommasini o’zlariga qaratib olish yo’lidagi kurashida shahar ishchilar sinfi, ayniqsa, uning ilg’or otryadi – temiryo’lchilar asosiy tayang bo’ldi.

Samarqandda va butun Turkiston o’lkasida kasaba soyuz harakati chorizm ag’darib tashlanishi bilanoq Umumrossiya kasaba soyuz harakatining bevosita ta’siri ostida va u bilan chambarchas bog’langan holda rivojlandi.

1917 yil 1 martda tashkil etilgan savdo-sanoat xizmatchilari soyuzi kasaba soyuzlari vujudga kela boshlagan davrdagi dastlabki soyuzlardan biri bo’ldi. O’sha yilning 18 martida Samarqand stansiyasi tarozibonlari va xizmatchilarning umumiy yig’ilishida idra xizmatchilari va tarozibonlarning kasaba soyuzi tashkil etildi.

Samarqanddagi “Mehnat soyuzi” deb atalgan tashkilot ommaviy kasaba soyuz harakatini boshlab berdi; bu soyuz pravleniyasining birinchi tashkiliy yig’ilishi 1917 yil 20 martda bo’lib o’tdi. “Mehnat soyuzi” soyuzlararo birlashma rolini o’ynadi va shahar kasaba soyuzlariga boshchilik qildi. “Mehnat soyuzi”ning birinchi majlisida soyuz ustavini ishlab chiqish komissiyasi, mehnat byurosi, shuningdek, madaniy-oqartuv, sanitariya, yuridik va moliya komissiyalari saylandi. 29 martda “Mehnat soyuzi”ning pravleniyesi Samarqand grajdanlariga qarata murojaat qabul qildi. Bu murojaatda soyuz tuzilganligi e’lon qilindi va unga a’zo bo’lishga taklif etildi.

“Mehnat soyuz” tuzilganidan keyin Samarqandda kasaba soyuz harakati kuchayib ketdi. 1917 yilning bahorida hukumat muassasalari xizmatchilari, temiryo’lchilar, pochta-telegraf xizmatchilari internatsionalist o’qituvchilar va boshqa tashkilotlarning kasaba soyuzlari tashkil etildi.

Kasaba soyuzlari proletariatning burjuaziyaga qarshi iqtisodiy kurashini qo’llab-quvvatlabgina qolmay, balki sotsialistik revolyutsiya ajv ola borgan sari siyosiy kurashning jiddiy maktabiga aylandi.

Samarqandda proletariatning sof sinfiy tashkilotlari bilan bir qatoda ishchilardan tashqari, eski shahar mada burjua elementlari – hunarmandlar, mayda savdogarlar, milliy ziyolilarning bir qismini birlashtirgan umumdemokratik tashkilotlar ham paydo bo’la boshladi. Samarqand va Turkiston o’lkasining boshqa shahar va rayonlari mahalliy millat mehnatkashlari o’rtasida revolyutsion jarayon rivojlanishidagi muhim xususiyat ana shunda edi.

“Kambag’allar yig’ilishi” deb atalgan tashkilot Samarqandning mahalliy aholisi o’rtasida tashkil etilgan umumdemokratik tashkilotning yorqin namunasidir. Bu tashkilot 1917 yil 6-7 martda eski shaharning Qo’shhovuz degan joyida tashkil etildi. Bu – mahalliy millat ishchilari va eski shahar kambag’allarining to’ng’ich tashkiloti edi. Bitoq “Kambag’allar yig’ilishi”, uning pravleniyesiga rahbarlik jadidlardan Akobir Shomansurov (rais), Bekbudiy, Shoymardonqul va Abduhalil Hasanxo’jayevlar qo’liga o’tib qoldi. Yig’ilish a’zolari orasida mehnatkashlar ommasi ko’pchilikni tashkil etganligi sababli va ularning tazyiqi ostida bu tashkilot eski shaharda chor hokimiyati organlarini tugatish bo’yicha ba’zi bir ishlarni amalga oshirdi. Masalan, yig’ilish “barcha chor amaldorlarini ishdan bo’shatish, chor apparatini tugatish, uning o’rniga yangi shahardagi kabi 3 kishidan iborat komitet saylash” to’g’risida qaror qabul qildi. “Kambag’allar yig’ilishi”ning tashabbusi va aktiv ishtiroki bilan eski shaharda “ellikboshilar” vazifasidan chetlashtildi va ularning o’rniga uch kishidan iborat saylab qo’yiladigan komitet tuzildi. Bu komitetlar tungi paytlarda eski shaharni qo’riqlab turardi. “Kambag’allar yig’ilishi”ning sostavi turli kishilardan iborat bo’lishi va uning tepasida turgan milliy burjuaziya ideologlari – jadidlarning ayniqsa ikkilanib ish ko’rishi va og’machiligi ishga jiddiy to’siq bo’ldi. Bir yarim osh ishlagandan keyin bu yig’ilishning o’z-o’zidan tugab ketishiga asosiy sabablardan biri ham shu bo’ldi.

Fevral revolyutsiyasi g’alabasidan keyin burjua millatchilari va feodal-klerikal elementlar o’z faoliyatini aktivlashtirdi. Mahalliy burjuaziya vakillari avj olgan milliy ozodlik harakatidan mehnatkashlar ustidan o’z hukmronliklarini saqlab qolish va uni mustahkamlash uchun foydalanishga urinib ko’rdi. Shu maqsadda ular reaktsion millatchilik tashkilotchilariga birlashdi.

1917 yil mart oyi boshlarida Toshkentda tashkil etilgan “Sho’roi islomiya” burjua millatchilik tashkiloti o’lkada tuzilgan ana shunday dastlabki tashkilotlardan biri edi. Bu tashkilotga jadidlarning rahbari Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchilik qilar edi.

1917 yilning bahorida Samarqandda ham “Sho’roi islomiya” tuzildi. Unga musulmon ruhoniylari, milliy burjuaziya va amaldorlarning ko’zga ko’ringan vakillari: sudya Isoxon qozi, eshon Akobirxo’ja, sobiq chor pristavlari Bahriddin va Abdug’ulom savdogar va katta yer egasi Shamsiboy Mahsum, boylardan Hasan Zubaydullayev, Mamarayim, Mamadamin va boshqalar boshchilik qilardi. “Sho’roi islomiya” Samarqand tashkilotining shtabi shaharning So’zangaron qismidagi Hovuz sang mahallasida joylashgan edi.

“Shoroi islomiya” bilan bir qatoda, Samarqandda “Ittihod” deb atalgan panturkistik tashkilot ham ishlar edi. Asosan savdo-burjua ziyolilarini birlashtirgan bu tashkilotga asir olingan sobiq turk harbiy ofitserlari Afandizoda, Rizo Afandi, Doniyorbek va boshqalar boshchilik qilardi.

Shunday qilib, Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi Samarqand aholisi barcha tabaqalarini harakatga keltirdi, shahardagi ijtimoiy va siyosiy kuchlarining ajralishini belgilab berdi va yanada kuchaytirdi.

Chorizm ag’darib tashlangandan keyin o’tgan dastlabki hafta va oylar shuni ko’rsatdiki, chorizm o’rniga kelgan Muvaqqat hukumat asosiy hayotiy muhim masalalar yuzasidan chorizmning ishini davom ettirdi. Burjua hukumati va burjualashgan pomeshchiklar xalq ommasining urushni to’xtatish, xalqqa sulh, non, yer berish, farovon hayot yaratish to’g’risidagi talablarini bajara olmasligiga va bajarishni istamayotganligiga omma o’z tajribasida asta-sekin ishonch hosil qildi. Samarqand mehnatkashlar ommasi bolsheviklar g’oyasi va shiorlarining haqqoniyligini tushuna boshladilar, chorizm ag’darilganidan keyin dastlabki kunlardagi “revolyutsion xom xayollardan” sekin-asta xoli bo’la boshladilar va burjuaziyaga qarshi kurashni kuchaytirdilar.

Fikr bildirish