FIBIGER (FIBIGER) YOXANNES ANDREAS GRIB

FIBIGER (FIBIGER) YOXANNES ANDREAS GRIB (1867.23.4, Silkeborg — 1928. 30.1, Kopengagen) — daniyalik mikrobiolog va patologanatom. R. Kox va E. fon Beringning shogirdi. 1900— 05 yillarda klinik bakteriologiya instituti direktori; 1900 yildan Kopengagen universiteti patologiya professor. 1912 yil spiropter qurt lichinkalari berib boqilgan suvaraklar tajriba kalamushlari me’dasida o’sma paydo qilishini aniqdagan. Keyinchalik spiropterlarning onkologik ta’siri borligi o’z tasdig’ini topmadi. Lekin Fibiger tadqiqotlari eksperimental onkologiya rivoji, xususan, kantserogen moddalarht tadqiq qilishta imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1926).