FIBRINOGEN
FIBRINOGEN (fibrin va … gen) — qon plazmasining globulinlar guruhiga kiruvchi eriydigan oqsili. Trombin ta’sirida fibringa aylanib, qonni ivitadi. Jigarning parenxematoz hujayralarida hosil bo’ladi. Sog’lom odam qon plazmasidagi Fibrinogen miqdori 300-500 mg%. Fibrinogen turli operasiyalarda, gemofiliya va boshqa kasalliklarda qon oqishini to’xtatish uchun ishlatiladi. Laboratoriya tadqiqotlarida Fibrinogen preparatlaridan foydalaniladi. Odam qonidan olingan Fibrinogen klinikada ishlatiladi.