FIKOMISETLAR
FIKOMISETLAR (Phycomicetes) — tuban zamburug’lar sinfi. Ko’p yadroli, bir xujayrali yaxshi rivojlangan miseliyga ega. 800 turi bor. Gametalar yordamida jinsiy, sporalar yordamida jinssiz ko’payadi. Fikomisetlar omisetl ar va zigomisetlar sinflari (oldingi sistemada kenja sinflari)ga bo’linadi. Ko’pchilik Fikomisetlarning tana tuzilishi va ko’payish organlari yashil suvo’tlarga o’xshab ketadi. Bu o’xshashlik faqat tashqi ko’rinishda namoyon bo’ladi. Fikomisetlarning ajdodlari arximisetsimonlaranr. Ba’zi mikologlar arximisetsimonlarni Fikomisetlar bilan bir sinfga birlashtirishadi. Fikomisetlarning ko’p turlari saprofit, suvda yashaydi; yuksak tuzilganlari esa tuproq yuzida yashashga moslashgan, ba’zi turlari o’simlik, hayvon va odamlarda parazitlik qiladi.