FILATOV VLADIMIR PETROVICH
FILATOV VLADIMIR PETROVICH [1875. 15(27).2, hozirgi Penza viloyati — 1956.30.10, Odessa] — oftalmolog, xirurg, Ukraina Fanlar Akademiyasi akademik (1939) va SSSR tibbiyot Fanlar Akademiyasi akademik (1944), mehnat Qahramoni (1950). «Teri novdasi» nomi bilan mashhur plastik xirurgiya (1917), ko’z muguz pardasi transplantatsiyasi (1924), to’qima terapiyasi (1933) usullarini ishlab chiqqan. Biogen stimulyatorlar haqida ta’limot yaratgan.