Filippin
Rasmiy norni — Filippin Respublikasi. Poytaxti — Manila. Hududi – 300,3 ming km.kv. Aholisi – 90,4 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili — filippin. Dini — katolik. Pul birligi — Filippin pyesosi. Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining g‘arbiy qismida, Malayya arxipelagining Filippin orollarida joylashgan davlat. Filippinga tegishli 7100 dan ortiq orollar bor. Eng yirik orollari — Luson, Mindanao, Samar, Panay, Palavan, Negros, Mindoro, Leyte. Mamlakat g’arbda Janubiy Xitoy, sharqda Filippin, Janubda Sulavesi dengizlari bilan tutashgan. Shimolda Filippin orollarini Tayvan orolidan Bashi bo‘g‘ozi ajratib turadi. Sohil bo’ylab chegara uzunligi — 36289 km. Eng yirik o‘n bir orol mamlakat hududining 92% ini tashkil etadi. Eng baland cho‘qqisi Mindanao orolidagi Apo tog’idir (2954 m). Asosiy tabiiy boyliklari: yog’och, neft, nikel, kobalt, kumush, oltin, mis. Mamlakat hududining 26% i haydaladigan yerlar, 40% i o‘rmon va to’qaylardir. Iqlimi — tropik. Filippin hududining deyarli yarmini tropik o’rmonlar tashkil etib, bu o’rmonlarda palma, kauchuk daraxti, banyan, apitong, mayyapis, lauan, bambuk o‘sadi. Dengiz sathidan 1200 m balandlikda buta va yaylov o‘simliklari o‘sadi. Ohu, mangust, qobon, turli qushlar va sudraluvchilar hayvonot olamini tashkil etadi. Sohilbo‘yi suvlarida turli xil baliqlar va molluskalar uchraydi. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Mamlakat tarkibiga 74 ta provinsiyani o‘z ichiga olgan 12 ta ma’muriy hudud kiradi. Filippin AQSHdan o‘z mustaqilligiga 1946-yilning 4-iyulida erishadi. Milliy bayrami — 12-iyun — Mustaqillik kuni (1898-yil Ispaniyadan). Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ Senat (yuqori) va Vakillar palatasidan (quyi) iborat Kongressdir. Yirik siyosiy partiyalari: Filippinliklaming demokratiya uchun kurashi, Lakas-Filippin demokratik partiyasi, Millatchilar partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatining eng rivojlangan tarmoqlari (YIM — 35%) elektronika, to’qimachilik, kimyo, yog’ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, farmatsevtika. Qishloq xo’jaligi (YIM -30%) ham mamlakat iqtisodida muhim o’rin egallaydi. Filippin kokos yong‘oqlari va kokos mahsu- lotlarini eksport qiluvchi yirik davlat hisoblanadi. Sholi, makkajo‘xori, shakarqamish, banan, ananas, mango yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Germaniya, Yaponiya, Gonkong, Buyuk Britaniya, Tayvan, Singapur. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 378 km, avtomobil yo’llari — 156200 km, ichki suv yoilari — 3219 km. Asosiy portlari: Davao, Manila, Sebu. Tarixi. V asrdan boshlab hozirgi Filippin hududida turli xalqlar va madaniyatlaming qorishgan sivilizatsiyasi shakllanadi. VII-XV asrlarda Filippin hind-malaya dengiz qirolliklariga qaram bo’lgan. 1521 -yilda portugaliyalik Magellan tomonidan kashf etilgan. XVI asrning dastlabki choragida ispan mustamlakasiga aylanadi va shu davrdan shahzoda Filipp (kelajakda qirol Filipp II) sharafiga Filippin deb ataladi. Ispan — Amerika urushi davrida Filippin AQSHga qaram bo’ladi (1898). Filippin qo‘shinlari kurashga kirishib 1899- yilning yanvarida mamlakatni respublika deb e’lon qilishadi. Lekin amalda Filippin AQSHga qaramligicha qolaveradi. 1942-yilda Filippin yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olinadi. 1946-yilda rasman mustaqillik e’lon qilinsa ham, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Filippin uzoq muddat AQSH ta’siri ostida qoladi. 1968-yildan 1972-yilgacha xristian va musulmonlar o’rtasida fuqarolar urushi boiadi. 1965-yilda prezidentlikka saylangan Markos 1979-yilda harbiy davr qonunini qabul qiladi. 1986-yilda u hokimiyatni Korason Akinaga topshiradi. 1992-yilda Fidel Ramos prezident etib saylanadi.