FILIPPIN

FILIPPIN (Philippines), Filippin Respublikasi (Tagalcha Republika ng Pilipinas, inglizcha Republic Philippines) — Janubiy Sharqiy Osiyodagi davlat, tinch okeandagi Filippin arxipelagida joylashgan. Maydoni 300 ming kilometr kvadrat. Aholisi 84,526 million kishi (2002). Poytaxti — Manila shahri. Ma’muriy jihatdan 74 viloyat (province)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. Filippin — respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1987 yil ma’qullangan. Davlat boshlig’i — prezident (2001 yildan Gloriya Makapagal Arroyo xonim), u to’g’ri umumiy ovoz berish yo’li bilan 6 yil muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Prezident hukumat boshlig’i ham hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Filippin Kongressi (2 palatali parlament — Senat va vakillar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Filippin arxipelagi 7107 oroldan iborat, shundan 800 tasida odam yashaydi. Yiriklari: Luson, Mindanao, Samar, Negros, Palavan, Mindoro, Sebu, Leyte. Mamlakat yer yuzasining aksariyati tog’li (eng baland joyi — 2954 metr, Mindanao oroldagi apo vulkani). Harakatdagi va so’ngan vulkan ko’p. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Hududning 1/4 qismi pasttekislik. Tog’lar oralig’ida soyliklar va dengiz sohillarida ensiz tekisliklar joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, xromit, marganes, nikel, mis, shuningdek, simob, oltin, kumush, turli qurilish materiallari bor. Iqlimi tropik va subekvatorial mussonli. O’rtacha oylik temperatura 24-28°, tog’larda 19°gacha. Yillik o’rtacha yog’in miqdori 1000-4000 millimetr. Tayfunlar bo’lib turadi. Riograndedemindanao, Agusan, Kagayan va boshqa daryolari sersuv va seroetona. Ko’l kam, eng kattasi Luson oroldagi Bay ko’li. Tuprog’i, asosan, laterit tipli qizil va sariq, tog’larda tog’kashtan, daryo vodiylarida allyuvial tuproq. 10 ming tur o’simlikning 40% endemik. Hududining 46% tropik o’rmondan iborat. Qimmatbaho yog’och olinadigan doim yashil daraxt turi ko’p. Dengiz sohillarida mangro o’rmonlari mavjud. 1200 metrdan baland joylar butazor va o’gloq bilan band. Hayvon turi ko’p emas. Iirik sut emizuvchilar yo’q. Bug’uning bir necha turi, yovvoyi tung’iz, mangust uchraydi. Qushlarning 750 dan ortiq turi yashaydi. Sudralib yuruvchi hayvon kup. Mayonvolkano, Kanlaon, MauntApo va boshqa milliy bog’lari va qo’riqxonalari bor. Aholisi. Filippinda o’zaro yaqin til va shevalarda so’zlashuvchi 90 dan ziyod elat va qabilalar yashaydi. Ularning yiriklari: bisayya, tagal, ilok, bi . kol, pampangan, Pangasinan va boshqalar. Bundan tashqari, Xitoy, osiyolik, evropalik va amerikaliklar ham bor. Shahar aholisi 56%. Rasmiy tillar — tagal va ingliz tillari. Dindorlari xristian, Islom dinlariga e’tiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Manila, KesonSiti, Sebu, Davao. Tarixi. Filippin hududida miloddan avvalgi 2-ming yillikda Osiyo qit’asidan, miloddan avvalgi 1-ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan Janubiy mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib chiqarganlar, qisman ular bilan qorishib ketganlar. 14-15-asrlarda Indoneziya orqali Luson, Sebu orollarida, Sudu arxipelagida Islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521 yil Magellan boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin orollariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tor-mor etgach (Filippinda uni mustaqillik uchun kurashning birinchi qahramoni sifatida e’zozlaydilar), Ispaniya 1564 yil Legaspi boshchiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi Filippinning Markaziy va shimoliy qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining ko’pchiligini (Janubidagi musulmonlardan tashqari) xristian diniga kiritdi. 1756-63 yillardagi 7 yillik urush davrida ingliz qo’shinlari Manila shahri va bir qancha joylarni bir yilgacha egallab turdilar. 19-asrning 2-yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat ishlari rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga etdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik tashkilotlarini tuzdilar. 1892 yil A. Bonifasio va boshqalar rahbarligida Katipunan deb ataluvchi yashirin vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez orada keskin choratadbirlar ko’rish tarafdori bo’lgan ziyolilar bu tashkilotga qo’shildi. Katipunan chaqirig’i bilan milliy ozodlik inqilobi (1896-98) boshlandi. Inqilobchilar 1897 yil 22 martda mustaqil respublikani e’lon qildilar. AQSh 1898 yil aprelda Ispaniya mustamlakalarini egallash uchun urush boshladi. 1898 yil 12 iyunda Filippin 2-marta mustaqil deb e’lon qilindi. 1899 — 1901 yillardagi Amerika — Filippin urushi natijasida AQSh Filippinni bosib oldi. 1934 yil Filippin muxtoriyatga ega bo’ldi. 2-jahon urushi yillarida Filippin hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946 yil 4 iyulda Filippin mustaqil respublika deb e’lon qilindi. Filippin 1945 yildan BMT a’zosi. O’zbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 22 yanvarda tan olgan va o’sha yil 13 aprelda diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 12 iyun — Mustaqillik kuni (1898). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Liberal partiya, 1946 yil tuzilgan; Millatchilar partiyasi, 1907 yil asos solingan, 1972 yil taqiqlangan, 1978 yil yana faoliyat boshlagan; Filippin kommunistik partiyasi, 1930 yil tashkil etilgan; «Filippin vatanparvar ommasining demokratiya uchun kurashi» partiyasi, 1997 yil tuzilgan; LakasXristian demokratlar milliy Ittifoqi — partiya bloki, 1992 yil tashkil etilgan. Filippin kasaba uyushmalari Kongressi, 1975 yil asos solingan, 39 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi. Xo’jaligi. Filippin — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligining ulushi 22%, sanoatniki 32%, xizmat ko’rsatish sohasiniki 48%. Qishloq xo’jaligida kichik-kichik dehqon xo’jaliklari ko’pchilikni tashkil qiladi. Yirik plantatsiya xo’jaliklari ham bor. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 9 million gektar (mamlakat hududining 30%), shundan 1 million gektar yer sug’oriladi. Dehqonchilik ustun. Eksport uchun shakarkamish, Abaka, geveya, kokos palmasi, yer yong’oq, kofe, kakao, tamaki, tropik va tsitrus mevalar etishtiriladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — sholi, makkajo’xori, batat, maniok, sabzavot. Chorvachiligi rivojlangan: qoramol va buyvol, cho’chqa, echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. O’rmonlarda qimmatbaho eksportbop pushti va qizil daraxt yog’ochlari tayyorlanadi. Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganes, xrom rudalari, shuningdek, toshko’mir, neft, simob, oltin, kumush qazib olinadi. Ishlab chiqarish sanoati qand, sholi oklash, tamaki, yog’-moy, meva konservalash, kopra, arqon va boshqa korxonalardan iborat. Yog’ochsozlik, mebel va ko’n-poyabzal sanoati ham rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak sur’atda taraqqiy etmoqda. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobil yig’ish), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral o’g’it, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan, neft kimyosi, to’qimachilik, tikuvchilik, «oyna, tsement zavodlari bor. Hunarmandchilik qadimgi tarmoq hisoblanadi. Yiliga o’rtacha 26,4 milliard kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Temir yo’l uzunligi 0,9 ming kilometr, avtomobil yo’llari uzunligi 161 ming kilometr. Asosiy dengiz portlari: Manila, Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalqaro aeroport bor. Filippin chetga qandshakar, kopra, kokos moyi, metal rudalari, yog’och, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar chiqaradi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Yaponiya, AQSh, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni bilan savdo qiladi. Pul birligi — Filippin pesosi. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniyma’rifiy muassasalari. Vrachlar universitet va tibbiyot institutlarida tayyorlanadi. Filippinda o’rta maktablarning yarmidan ko’prog’i va boshlang’ich maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga qarashli va xususiy maktablarda pul to’lab o’qiladi. Boshlang’ich maktabda o’qish majburiy va bepul bo’lib, unga bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi va 6 yil o’qitiladi. O’rta maktablarda o’qish muddati 4 yil. Darslar ingliz va mahalliy tagal tillarida olib boriladi. Hunar ta’limi boshlang’ich maktab negizidagi qishloq xo’jalik, sanoat, savdo maktablarida amalga oshiriladi. Boshlangich maktablarning o’qituvchilari pedagogika kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng kattasi Maniladagi Filippin normal (pedagogika) kollejidir. Oliy o’quv yurtlarining ko’pi xususiy. Yirik oliy o’quv yurtlari: Maniladagi katolik Santotomas universiteti (1611), Manila universiteti, uzoq Sharq unviersiteti (1928), Sharq universiteti (1946), KesonSiti shahridagi Filippin universiteti (1908). Yetakchi ilmiy muassasalar universitetlar huzurida tashkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari — Yadro tadqiqotlari markazi (1958), Filippin taraqqiyot akademiyasi (1973), kokos palmasi ilmiy tadqiqot instituti, Filippin fanlar akademiyasi (1976) va boshqalar. Xalqaro sholi ilmiy tadqiqot instituti bor. Untlar xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada Milliy kutubxona ishlaydi. Manilada Santotomas muzeyi (1682), Filippin Milliy muzeyi (1901) va Metropoliten san’at muzeyi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Filippinda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: «Balita» («Yangiliklar», tagal tilida chikadigan kundalik gazeta, 1972 yildan), «Manila Bulletin» («Manila byulleteni», ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1972 yildan), «Manila IVning post» («Manila oqshom pochtasi», ingliz tilida chiqadigan kundalik kechki gazeta, 1975 yildan), «Manila Tayms» («Manila vaqti», ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1945 yildan), «Piplz Djornel» («Xalq gazetasi», tagal va ingliz tillarida chikadigan gazeta, 1979 yildan), «Tempo» («Sur’at», tagal va ingliz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1983 yildan), «Yunayted Deyli Nyus» («kun yangiliklari», ingliz va Xitoy tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1973 yildan), «Sulong» («olg’a», oylik byulleten). Filippin yangiliklar agentligi — davlat axborot Mahkamasi bo’lib, 1973 yildan faoliyat ko’rsatadi. Radioeshittirish 1952 yildan, teleko’rsatuv 1953 yildan boshlangan. Mamlakatdagi barcha radio va telestyalar faoliyati «Neshnl telekommyunikeyshne kommishn» hukumat Mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi. Adabiyoti. Filippin xalqlari va elatlari adabiyoti tagal va boshqa mahalliy tillarda, shuningdek, ispan va ingliz tillarida rivojlanib kelmoqda. Filippin xalq og’zaki ijodiyoti va, ayniqsa, qaxramonlik dostonlarida Malayya va indonezyava adabiy an’analarining ta’siri seziladi. 16-19-asrlardagi Ispaniya hukmronligi davrida ispan tilida diniy-nasihat ruhidagi adabiyot vujudga keldi. Zamonaviy tagal adabiyoti ning asoschisi Filippin Baltasar (taxallusi Balagtas)ning «Florante va Laura» dostoni (1838) mashhur. 1856 yil M. de Kastroning tagal tilida bosilib chiqqan birinchi romani «Urban va Felisa» (1863)dan keyin 20-asrning 1-yarmida V. Ernandespenya, L.K. Santos romanlari, X. Korasan de Xesus, A.V. Ernandes she’rlari, A. V. Ernandes, D. Rosario, F. Galauran hikoyalari paydo bo’ldi. 2-jahon urushidan keyin she’riyat va hikoya navislik yanada rivoj topdi. A.V. Ernandesning «Shayton yig’i», «vahshiy qushlar», F. Galauranning «bir qisim guruch», N. Karavananing «Kizil uydagi farishta» romanlari ijtimoiy va maishiy mavzularga bag’ishlandi. Ispan tilidagi adabiyot rivojida X. Risal romanlari («menga tegishma», «Flibusterlar») katta ahamiyatga ega bo’ldi. 20-asrning 1-yarmida S. Apostol, F. Gerrero, K.M.Rekto va boshqalarning vatanparvarlik she’riyati mashhur bo’ldi. Xuddi shu davrda X.G. Vilya, M.E. Argilya, N.V.M. Gonsales, K. Bulosan kabilar ingliz tilida novella va she’rlar yaratishdi. 2jaxrn urushidan keyingi davrda E. Okampo, N. Xoakin, E. L. Tempo va boshqa adiblar yetishib chiqdi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Mahalliy aholining an’anaviy uylari qoziqlar ustiga chaylasimon qilib quriladi, usti palma bargi bilan yopiladi. Mustamlaka davrida shaharlar, istehkomlar, cherkov va saroylar barokko hamda klassisizm uslubida qurila boshladi (Luson oroldagi Sannikolas cherkovi, 17-asr; Maniladagi Santotomas universiteti, 1608-15 yil). 19-asr 2-yarmi va 20-asr 1-yarmida Manila shahrida Yevropa va Amerika me’morligi uslubida binolar barpo etildi. Filippin me’morlaridan P. Antonio, S. Konso, L. V. Loksin, A. Nakpil o’z ijodida ispan me’morligi uslubidagi bino va inshootlarni milliy ruhda bezashga ahamiyat bera boshladilar (Panay oroli Iloilo shahridagi Miagao ibodatxonasi; Maniladagi Filippin madaniyat markazi, 1969, me’mor L.V. Loksin). Filippin hududida miloddan avvalgi 2—1-ming yillikka oid san’at yodgorliklari saqlanib qolgan. Qadimdan yog’och va bambuk o’ymakorligi, to’qimachilik, metallsozlik, kashtachilik, zargarlik kabi kasblar mashhur bo’lgan. Maniladagi Sanagustin cherkovining o’ymakor yog’och eshiklari (1606) va Sanignasio cherkovining ibodat qilinadigan qismidagi o’yma naqshlar Filippin san’atining ilk namunalaridir. 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-yarmida dastgoh rangtasviri (X. de Luna, F. Idalgo, F. Amorsolo), haykaltaroshlik (G. Tolentino) paydo bo’ldi. Filippin Roxas portret va manzara, X. Risal rangtasvir va haykaltaroshlik sohasida unutilmas asarlar yaratishdi. Filippin Amorsolo asos solgan «An’anaviy maktab» 20-asr o’rtalariga kelib Filippin rassomlari akademiyasiga aylandi. 50—60 yillarda K.V. Fransisko ijodi kamol topdi. U afsona va rivoyatlarga, ozodlik harakati qahramonlariga, shuningdek, dehqonlar, baliqchilar, konchilar hayotiga bag’ishlangan ko’pgina devoriy rasm va manzaralar yaratdi. A. MagsaysayXo ismli ayol rassom qishloq xotinqizlarining Lobar siymosini tasvirlovchi go’zal asarlari bilan e’tibor qozondi. V. Manansala, R. Tabuena, M. Malang Santos, U. Yonson, E. Okampo, A. R. Lus, F. Sobel kabi rassomlar, X. Alkaptara va A.M. Imao, N. Abue kabi haykaltaroshlar milliy realistik an’analarni davom ettirdilar. Musiqasi. Marosim (harbiy, to’y), mehnat va boshqalar xalq qo’shiq hamda raqslari azaldan davom etib keladi. Tog’lik va musulmon xalqlarning qadimgi musiqasi deyarli o’zgarishsiz saqlangan. 16— 18-asrlarda xristian diniga kirgan va ispanlar ta’sirida bo’lgan xalqlarda esa biroz mahalliylashgan ispancha raqslar (xota, xabanera) tarqala boshlagan. Cholgu asboblari: bambuk va yog’och fleytalar, gonglar, gitarasimon kudyapi, gitgit (skripka turi) va boshqalar. Rondalya deb ataluvchi torli milliy orkestr Shuhrat qozongan. Professional musiqa 19-asrdan rivoj topdi. 1916 yil Filippin universiteti huzurida konservatoriya ochildi, keyinroq Manila va KesonSiti shaharlarida musiqa muassasalari va jamoalari tashkil topdi. Kompozitorlar orasida X. Silos, X. Estelya, A. Molina, F. Buenkamina, F. de Leon, J. A. Dadap va boshqalar mashhur. Manilada Milliy filarmoniya jamiyati, «Bayanixan» (1956), «Filippineskas» (1958), «Barangay» ashularaqs ansambllari, Filippin universitetining «Madrigal» kamer xori, Manila simfonik orkestri, Filippin Madaniyat markazining orkestri, kontsert orkestri ishlaydi. Milliy musiqa kengashi, kompozitorlar jamiyati mavjud. Teatri. Qadimdan davom etib kelayotgan va ashula, raqslar bilan o’tadigan taomil, rasmrusumlar va ularda gavdalantiriladigan mehnat jarayonlari, to’y udumlari teatr san’ati uchun manba bo’lgan. Filippin professional teatri Xitoy, hind, indonez, keyinroq ispan va Amerika madaniyati ta’sirida shakllandi. 19-asr o’rtalarida Manilada havaskorlik teatrlari: Eskosur truppasi (1848) va Lopes Aris truppasi (1852) vujudga kelib, ularda ispan tilidagi sevgi pyesalari (sarsuelalar) sahnalashtirildi. 1914 yil Manilada ingliz tilidagi «Litl tietr» tashkil topdi. Uning aktyorlari ham, tomoshabinlari ham asosan, Manila universitetining talaba va muallimlari edi. Filippin mustaqillikka erishgach, tagal tilidagi dramaturgiya va teatr rivojlana boshladi. «Barangay teatr gildiyasi» (1939), Filippin aktyorlar laboratoriya (1959), Meralko teatri, Raj Soliman teatri va boshqalar yarim professional jamoalari milliy san’at (moromoro, Sarsuela va boshqalar) an’analarini jahon teatrining eng yaxshi namunalari yutuqlari bilan birga qo’shishga intiladi. 1972 yil Manilada ko’chma bolalar teatri tashkil etildi. Kinosi. 1919 yil rejissyor va aktyor X. Nepomuseno milliy kino firma tashkil etganidan so’ng kinofilmlar doimiy ishlab chiqarila boshladi. Tagal tilida «qishloqi qiz» nomli dastlabki badiiy film yaratildi. «Uch maqtanchoq» (1926) ovozeiz filmlar orasida eng yaxshisi buldi. 1932 y. dastlabki ovozli filmlar («qallob», rejissyor J. P. Musser; «Oltin xanjar», rejissyor X. Nepomuseno) chiqarildi. 30-yillardagi eng yirik kino birlashmalari — «Sampagita» va «LVN» chiqargan filmlarda milliy tarix va mifologiya syujetlaridan foydalanildi. shuningdek, «yirtilgan bayroq», «zulmat va nur» komediyalari ham yaratildi. 1946 yil tashkil etilgan «Premer prodakshn» studiyasi ko’ngilochar ruxdagi filmlar bilan bir qatorda tog’li qabilalar hayotini tasvirlovchi filmlarni ham suratga oldi. 50-60-yillarda «Xarana», «Dunyoning oxirigacha» (ikkalasining rejissyor J. de Leon), «Parij romanei», «Badayo» (ikkalasining rejissyor L.V. Avelyana) ekranga chiqarildi. 20-asr oxirlarida yaratilgan «qaqroq erni sug’or» (rejissyor O. Buenaventura), «Narkotik chayqovchilarini o’ldiringlar» (rejissyor J. Estrada) filmlari dolzarb zamonaviy mavzularga bag’ishlangan. 1960-yillarning o’rtalaridan Manila kinofestivali o’tkazib kelinadi.