FILLOKSERA
FILLOKSERA (Viteus vitifolii) — fillokserasimonlar oilasiga mansub to’g’riqanotli hasharot, xavfli tok zararkunandasi. Tashqi va ichki karantin ob’yekti. Filloksera tok zangining barg va ildizini, yosh novdalarini zararlaydi. Natijada hosildorlik kamayib, tok tuplari qurib qoladi. Birinchi marta 1854 yilda shimoliy Amerikada topilgan. 20-asr boshlarida Yevropa tokzorlarida tarqalgan. Uzunligi 08— 1,2 millimetr, tanasi tuxumsimon, sariqyashil. Barg va ildizlarga zarar etkazadigan shakli tokning Evropa navlari uchun g’oyat xavfli. Hozirda Fillokseraning MDH mamlakatlari tokzorlarida faqat ildizlarga zarar etkazadigan shakli uchraydi. Kurash choralari: chidamli navlarni ekish, ekiladigan materialni ekspertiza qilish, tuproqqa vaqt-vaqti bilan fumieantlar bilan ishlov berish, Fillokseraga chidamli payvand qilib yetishtirilgan tok ko’chatlarini ekish.