FIN QO’LTIG’I

FIN QO’LTIG’I – Boltiq dengizining Sharqiy qismidagi qo’ltiq. Rossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Estoniya sohillari oraligida. Maydoni 30 ming kilometr kvadrat. Uzunligi 390 kilometr, eni kiraverish qismida 70 kilometr. Qirg’oqlari shimolda qoyali va shxera tipli, Janub va sharqida past. Qo’ltiqning Sharqiy qismi — Neva qo’ltiqchasiga Neva, shuningdek, Narva, Lucha daryolari quyiladi. Chuqurligi g’arbida 100 metr, sharqida 7 metr. Orol ko’p. Suvning yuza qismida temperatura qishda 0° dan past, avgustda 15-17°. Noyabr oxiridan attr. oxirigacha muz bilan qoplanadi. Sho’rligi 2-5%o. Katta kemalarning Sankt-Peterburg portiga kirish uchun Fin qo’ltig’ida dengiz kanali qazilgan. Suv sathining balandligi shamollar va atmosfera bosimi ta’sirida o’zgarib turadi. Natijada Neva qo’ltiqchasida suv ko’tarilib, Sankt-Peterburgda toshqinlar bo’ladi. Fin qo’ltig’i sohilidagi yirik portlar: Sankt-Peterburg, Viborg (Rossiya Federatsiyasi), Tallin (Estoniya), Xelsinki, Kotka (Finlyandiya).