FIRMA

FIRMA (inglizcha – firm, firms trade name) – so’zlaridan olingan bo’lib, tijorat maqsadlarini ko’zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo’jalik tashkiloti degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy va yuridik erkinlikka ega xo’jalik yurituvchi subyekt. Firma to’la xo’jalik hisobida ishlaydi va o’zining nomiga ega. Firma faoliyati barcha turdagi mulkka egalik shakllari, ya’ni xususiy, shirkat, davlat jamoat tashkilotlari, milliy va xorijiy yuridik shaxslar mulki asosida amalga oshiriladi.