FIRQA

FIRQA (Arabсha — guruh, to’da) — Islomiy e’tiqodga doir bir yoki bir necha masala yuzasidan maxsus fikrga ega bo’lgan kishilar guruhi; maktab, jamoa. Muhammad (sav) tomonidan musulmonlar jamoasi 73 (yoki 72) Firqaga bo’linib ketadi, deb bashorat qilingan. Musulmon tarixchilari diniy-siyosiy guruhlar, ilohiyot maktablari, jamoa va boshqalar o’rtasida qat’iy chegara qo’ymay, Firqani musulmonlar jamoasi bo’linadigan birliklardan birini anglatuvchi tushuncha ma’nosida qo’llaganlar. Eski o’zbek tilida «partiya» so’zi o’rnida ham ishlatilgan.