FIZIK DOIMIYLAR

FIZIK DOIMIYLAR, fizik konstantalar — fizik qonunlarning tenglamalariga kiradigan sonli koeffisientlar. Fizik doimiylarlarga yorug’lik tezligi, elektron zaryadi, Plank, Avogadro, Faradey doimiylari va hokazolar kiradi. Fizik doimiylar qatoriga mustaqil doimiylar ham, ularning kombinatsiyalari (masalan, Faradey, Bolsman, Stefanbolsman doimiylari) ham kirishi mumkin. Fizik doimiylarning son qiymatlari eksperimentlar asosida topiladi va biror birliklar tizimida ifodalanadi. Fizik eksperimentlar texnikasi va fizik nazariyalar rivojlanishi bilan Fizik doimiylarning qiymatlari aniqlashib boradi. Hozirgi zamon fizikasi va texnikasidagi ko’pgina o’lchashlar Fizik doimiylarning aniq qiymatlarini (masalan, radiolokatsiyada yorug’lik tezligini) bilishni taqozo qiladi.