FIZO TAJRIBASI
FIZO TAJRIBASI – muhit harakatining unda tarqalayotgan yorug’lik tezligiga ta’sirini aniklash tajribasi. A. I.L. Fizo o’tkazgan (1851). Fizo tajribasida yorug’lik nuri S manbadan chiqib, yarim shaffof plastinka P da ikki nurga ajraladi (qaytadi va sinadi): nur 1 ko’zgu V va to’la ichki qaytaruvchi prizma S yordamida yo’naltirilib), va D2 idishlarda oqayotgan suv orkali suv oqayotgan yo’nalish bo’yicha tarqaladi, nur 2 esateskari yo’nalishda tarqaladi. Ikkala nur nuqta A da yigilib interferentsiya manzarasini hosil qiladi. Tajribalar avval harakatsiz suvda, so’ngra harakatdagi suvda o’tkazilgan. Interferentsiya yo’llarining siljishini o’lchab, Fizo muhit harakatining yorug’lik tezligiga ta’sirini hisoblagan.