FLAJOLET

FLAJOLET (Fransuzcha flageolet — kichik fleyta) — 1) puflama musiqa cholg’u asbobi, bo’ylamasiga chalinadigan yuqori registrli fleyta. Tsilindr yoki konussimon kanalining uzunligi. 30— 45 santimetr. Yuqori qismida xushtakcha, yon tomonida barmoq (yoki klapan)lar bilan yopiladigan 6 ta chalg’ich teshigi mavjud. Diapazoni 2 oktava atrofida; 2) organ, fisgarmoniya registri; 3) torli sozlarning o’ziga xos (chiyillaydigan) tembrga ega, toriga barmoq bilan sal tegish orqali hosil qilinadigan yuqori ton (oberton)lar. Flagman cholg’usi tovushini eslatgani uchun shunday nom olgan.