FLORIDA BO’G’OZI

FLORIDA BO’G’OZI — Florida yarim oroli bilan Kuba va Bagama orollari oraligidagi bo’g’oz. Meksika qo’ltig’ini Atlantika okeani bilan tutashtiradi. Uzunligi 651 kilometr, eng kambar joyining eni 80 kilometr, farvatyorida chuqurligi 150 dan 2085 metrgacha. Florida bo’g’ozidan Golfstrim oqimi boshlanadi. Yirik portlari: Gavana (Kuba) va Mayami (AQSH).