FLUORESSENTSIYA

FLUORESSENTSIYA (flyuorit va lotincha escent — kuchsiz ta’sirni ifodalovchi suffiks), flyuoressentsiya — qisqa vaqtda so’nadigan lyuminissentsiya. Odatda, Fluoressentsiya atom va molekulalarning spontan kvant o’tishlarida sodir bo’ladi, shuning uchun Fluoressentsiya davomiyligi atom va molekulalarning uyg’ongan holatda yashash vaqti bilan aniqlanadi (man etilgan o’tishlar holida Fluoressentsiya davomiyligi anchagina katta bo’lishi mumkin). Fluoressentsiya yordamida moddalar strukturasi va ularda yuz beradigan fizik jarayonlar o’rganiladi. Fluoressentsiyadan lyuminessent analiz, chaqnovchi sanagichlar, defektoskopiya, mikrobiologiya, tibbiyot, biofizika va hokazolarda foydalaniladi.