FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLI

FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLI — havaskor ijodiy jamoa. Xalq ijodinint qo’shiq, raqs, o’yin, og’zaki drama kabi shakllarini mahalliy (milliy) urf-odat va marosimlarga bog’lab sahnaviy talqinini namoyish qiladi. O’zbekistonda ayollar (ananaviy) ansambli, masxarabozlik, baxshishoprlar, xalq sozandalari va boshqalar ijodi negizida 1970-yillarda madaniyat uylari qoshida tashkil topgan («yor-yor», R.Mazohidova, Qo’qon; «Gulyor», L.Nurimova, Bo’stonliq va boshqalar). Folklor-etnografik ansamblining repertuari (ashula va raqs ansamblitn farqli o’laroq) muayyan viloyat (tuman, qishloq) badiiy an’analariga asoslanadi, chiqishlari esa ko’pincha malum xalq marosimi yoki bayram jarayonini ifodalaydi («beshik», «Sunnat», «Mu-chal», «Nikoh» tuylari, «Navro’z» bayrami, «Dehqon yili», «Sharq bozori» kabi sahnalari va boshqalar). 1980 yillardan boshlab Folklor-etnografik ansamblilarining tuman, viloyat va respublika ko’rik-tanlovlari (1987, 1991, 1994, Toshkent; 1989, Namangan va boshqalar), 2002 yildan Boysunda YUNESKO dasturi asosida «Boysun bahori» ochiq folklor festivali o’tkaziladi. «Chodir Jamol» («Marg’ilon»), «Beshqarsak» (Urgut), «Chiroqchi chiroqlari» (Chiroqchi), «Momogul» (qarshi), «Gavhar» (Bek-temir), «Gap-gashtak» (Forish tumani), «Boysun», «Shalola» (Boysun), «Orazibon» (Xiva), «Anor» (Sariosiyo), «jildi xalak» (Kegeyli), «dil-kushod navolari» (Xo’jaobod), «Chavqi» (Bulungur), «Mardona» (Vobkent) va boshqa Folklor-etnografik ansamblilari mashhur. Ular xalq sayillari, milliy bayram va boshqa tadbirlarda faol qatnashadi. Ko’plari Amerika, Yevropa, Osiyo mamlakatlarida o’tkazilgan tanlov va festivallarda laureat unvoniga sazovor bo’lgan. 1980-90 yillardan bolalar Folklor-etnografik ansamblilari ham faoliyat ko’rsatmoqda («Quralay», «Gulg’uncha», Surxondaryo viloyati; «Dilrabo», Sirdaryo viloyati va boshqalar). Rustambek Abdullayev.