FOND BILAN QUROLLANISH DARAJASI
FOND BILAN QUROLLANISH DARAJASI – ishlab chiqarish fondlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarishda band bo’lgan o’rtacha ishchilarning umumiy soniga bo’lgan nisbatida ifodalanadi. Jonli mehnatning ishlab chiqarish fondlari bilan qurollanish darajasi mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbayi hisoblanadi.