FORTUERT

FORTUERT — AQSh Janubdagi shahar. Dallas shahridan 60 kilometr g’arbda, Texas shtatida. Aholisi 534,6 ming kishi (2000). Transport yo’llari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xo’jalik rayonining muhim savdo-moliya markazi. Mashinasozlikning yirik markazi. Aviatsiya, avtomobilsozlik, radioelektronika sanoati korxonalari bor. Neft sanoati uchun jihozlar, muzlatkichlar, tibbiyot asbobuskunalari ishlab chiqariladi. Metallsozlik, oziq-ovqat, kimyofarmasevtika, polifafiya sanoati korxonalari ishlab turibdi. Universitet bor. Shaharga 1849 yilda asos solingan.