FORVARD
FORVARD (inglizcha forward — oldindan, oldingi) — valyuta yoki boshqa turdagi bitim tuzilgan vaqtdan 2 ish kuni o’tgach, bajariladigan hisob-kitob amali. Odatda, Forvard bitimlari banklar, savdo-sanoat firmalari tomonidan narxlar, valyuta kurelari o’zgarishlari tebranishlaridan ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarga yo’l qo’ymaslik maqsadlarida tuziladi.