FOSFATLAR

FOSFATLAR, tabiiy fosfatlar — minerallar sinfi, tarkibi nihoyatda xilma-xil bo’lgan ortofosfat kislotasi tuzlari N3RO4. 230 ga yaqin mineraldan tarkib topgan; o’rtacha tuzlar (mas, ksenotim Y[PO4], monasit) kam. Orolli va qatlamli strukturaga ega. Fosfatlar, asosan, ikki yoki undan ortiq kationlarning [Sa2+, G’e2+, G’e3+, Al3+, (UO2)2+, Cu2+, Mn2+, Pb2+, Zn2+ va b.], qo’shimcha anionlarning (on^, S1~, G’~, O2, SO2) yoki molekulyar suvning murakkab birikmasidan iborat. Ba’zi Fosfatlar monetit Sanro4 tipidagi nordon tuzlardan tashkil topgan. Fosfatlar yaxlit donador agregatlar, tuproqsimon massalar, oolitlar, konkresiyalar, ba’zan qirralangan kristallar ko’rinishida uchraydi. Rangi turli xilda bo’ladi. Qattiqligi 2 dan 5-6 gacha, zichligi 1,7—7,1 g/sm3. Fosfatlar, asosan, tog’jinslarida tarqalgan; eng ko’p tarqalgan va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan apatit guruhi (Fosfatlarning ham tarkibiy qismi bo’lgan) minerallari, vivianit (G’e2+, G’e3+) [RO4] 8N2O, monasit, ksenotim, ambligonit LiAl[PO4] • (G’, on), torbernit, otenit, Feruza va boshqalar. Fosfatlar, asosan, yer po’stining yuqori qismi — dengiz va ko’l tublari, botqoqliklar, nurash po’sti, ko’pgina rudali konlarning oksidlanish zonasida hosil bo’ladi. Fosfatlar magmatik kelib chiqishga ega (apatit, monasit, ksenotim) hamda gidrotermal tomirlarda aktsessor mineral sifatida uchraydi. Fosfatlardan fosfat rudalari (apatit va fosforit) sifatida foydalaniladi. Ba’zi Fosfatlardan: vivianit — arzon ko’k bo’yoq va mahalliy fosfor o’g’iti, monasit — toriy va noyob yer elementlari, ambligonit — litiy rudasi, Feruza — zargarlik toshi sifatida foydalaniladi.