Fosforit

Fosforit– fosfor birikmalariga boy cho`kindi tog` jinsi. Asosan fosforli o`g`it (fosforit uni, ammofos, superfosfat, tomasshlak va b.) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Fosforitdan bir qancha nodir metallar olinadi. Konlari – MDHda (Qozog`iston, Rossiya), AQSh (Florida, Qoyali tog`lar), Shimoliy Afrika va b.