FOSFORLI O’G’ITLAR

FOSFORLI O’G’ITLAR – tarkibida fosfor bo’lgan mineral va organik moddalar; o’simliklarning fosfor bilan oziqlanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. O’simliklar o’zlashtirgan fosforning tuprokdagi jamg’armasini to’ldirishning birdanbir manbaidir. Fosforli o’g’itlar tarkibida fosfor bo’lgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va Marten fosfatshlak hamda organik moddalar, masalan, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli o’g’itlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xo’jaligiga yetkazib beriladigan Fosforli o’g’itlar tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida bo’ladi. Ayrim Fosforli o’g’itlar esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab o’g’itlardir. Fosforli o’g’itlar sanoat yo’li bilan olingan birinchi mineral o’g’itlardan hisoblanadi (1842 yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab Fosforli o’g’itlar ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qo’shaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) Fosforli o’g’itlar. Bu o’g’itlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat sa(N2RO4)2N2O holida bo’ladi; suvda erimaydigan (presipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, Marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqalar termik fosfatlar) Fosforli o’g’itlar; bu o’g’itlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — Sanro4n,o yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4r2o5 holida bo’ladi. Ammoniy tsitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu o’g’itlar shudgorlashda asosiy o’g’it sifatida yoki kultivasiya vaqtida qo’llaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) Fosforli o’g’itlar. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — SA3(RO4)2 holida bo’ladi. Bunday o’g’itlar qiyin eriydigan fosfatlarni o’simliklar o’zlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita o’g’it sifatida yuqori dozalarda solinadi. Fosforli o’g’itlarni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bog’liq. Suvda eriydigan Fosforli o’g’itlar kukuni va donador holda limon kislota va ammoniy tsitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda kukun holida qo’llaniladi. Sug’orma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan Fosforli o’g’itlar qo’llaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Survoha tuproklarda Fosforli o’g’itlar tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 1:0,7:0,3; o’tloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qo’llanganda yaxshi samara beradi. Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida to’planadi. Tuproqqa solingan Fosforli o’g’itlar tarkibidagi fosforning 20— 25% solingan yili, 40— 60% 2-3 yil o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Fosforli o’g’itlar o’simlik rivojlanishi uchun zarur o’g’itdir. Fosforli o’g’itlar ta’sirida hosil pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida qand ko’payadi (fosfor etishmaganda o’simlik barglarining cheti qorayib quriydi, o’simlik nimjon bo’lib o’sadi). O’zbekistonda Fosforli o’g’itlar Olmaliq «Ammofos» birlashmasi, Samarqand kimyo zavodi, Qo’qon superfosfat zavodlarida chiqariladi. Ad.: Nabiev M.A., Azotnokislotnaya pererabotka fosfatov, t., 1, T., 1976. Risqiboy Yoqubov.