FOTIMA
FOTIMA (taxminan 605/606, Makka 632/633, Madina) — Muhammad (sav) ning kenja qizi. Fotimaga e’tiqod qilish shialar o’rtasida keng tarqalgan. Shia imomlar va musulmon mamlakatlaridagi ko’pchilik sulolalar (Idrisiylar, fotimiylar, Sa’diylar va boshqalar), shuningdek, barcha sayyidlgr Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Fotima go’zal bo’lgani uchun nomiga Zahro ismi ham qo’shib aytiladi. Fotimaning 5 farzandi: 3 o’g’il (Hasan, Husayn, Muhsin) va 2 qizi (Ummi Gulsum va Zaynab) bo’lgan. Muhammad (sav) vafotidan olti oydan so’ng Fotima olamdan o’tgan. Madinaga borgan shia ayollar Fotima qabrini ziyorat qiladi.