FOTIMIYLAR

FOTIMIYLAR yaqin Sharqda hukmronlik qilgan ismoiliylar xalifalari sulolasi (909-1171). Nasablari Muhammad (sav)ning qizlari fotimata borib taqaladi. Fotimiylar davlati Tunisda barpo etilgan. 10-asr o’rtalarida Fotimiylar Shimoliy Afrikaning butun hududi va Sitsiliyani, 969 yil Misrni, 10-asr oxiri — 11-asr boshida esa Suriyani tobe etganlar.