FOTOEFFEKT
FOTOEFFEKT — moddalarning elektromagnit nurlanish ta’sirida elektron chiqarishi. Fotoeffekt hodisasini 1887 yilda nemis fizigi G. Gers ochgan. Dastlabki asosiy tadqiqotlarni rus olimi A. G. Stoletov (1888), so’ngra nemis fizigi F. Leonard (1899) o’tkazgan. Fotoeffekt qonunlarini birinchi bo’lib A. Eynshteyn (1905) nazariy tushuntirgan. Fotoeffektning asosiy qonuniyatlari: 1) chiqarilayotgan elektronlar soni nurlanish intensivligiga proportsional; 2) har bir modda uchun uning sirtining ma’lum holatiga va T=0 K trada chegara — nurlanishning eng kichik chastotasi P50 (yoki eng katta to’lki n uzunligi ^0) mavjud bo’lib, bu chegaradan tashqarida Fotoeffekt sodir bo’lmaydi; 3) fotoelektronlarning eng katta kinetik energiyasi nurlanish chastotasi 03 ortishi bilan chiziqli ortadi va nurlanishning intensivligiga bog’liq bo’lmaydi. Fotoeffekt — kvant hodisa, uning ochilishi kvant nazariyasini eksperimental asoslashda muhim rol o’ynadi; Fotoeffekt qonuniyatlarini faqat kvant nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Erkin elektron fotonnk yutishi mumkin emas, chunki bunda bir vaktning o’zida energiyaning ham, impulsning ham saqlanish qonuni bajarilmaydi. Elektron atrof muhit bilan bog’langanligi uchun Fotoeffekt hodisasi atom, molekula va kondensatlangan muhitda hosil bo’lishi mumkin. Bu bog’lanish atomda ionlanish energiyasi e, bilan, kondensatlangan muhitda chiqish ishi A bilan tavsiflanadi. Fotoeffektdagi energiyaning saklanish qonuni Eynshteyn munosabati bilan ifodalanadi: E=hm — e (yoki Ehw — A), bunda E — fotoelektronning kinetik energiyasi. T=0K va yoruglik intensivligi kichik bo’lganda (amadda ko’p fotonli effektlar bo’lmaganda), agar h sh < e, yoki h sh < A bo’lsa, Fotoeffekt bo’lmaydi. Gazlarda Fotoeffekt ayrim atom va molekulalarda kuzatiladi (fotoionlanish). Bunda foton yutilib, elektron chiqarish yo’li bilan ionlanish yuz beradi. Fotonning ionlashga sarflagan energiyadan boshqa gamma energiyasi chikarilayotgan elektronga beriladi. Kondensatlangan muhitlarda fotonlarni yutish mexanizmi ularning energiyasiga bog’liq. h Sh > A da foton utkazuvchanlik elektronlari (metallarda) yoki valentlik elektronlari (yarimo’tkazgichlar va dielektriklarda) tomonidan yutiladi. Natijada tashqi Fotoeffekt yoki ichki Fotoeffekt kuzatiladi. P GO juda katta bo’lganda (ukvantlar holida) fotoelektronlar atomning chuqur qobiqlaridan urib chiqarilishi mumkin. Ko’pgina metallarning toza sirtlari uchun A>3 ev, shuning uchun metallarda Fotoeffekt ultrabinafsha sohada kuzatiladi. Ishqoriy er metallari va bariy (va) uchun Fotoeffekt ko’rinadigan yorug’lik sohasida ham kuzatiladi.