FOTOIONLANISH
FOTOIONLANISH, fotoionizatsiya — atom yoki molekulaning bir yoki bir necha foton bilan o’zaro ta’siri natijasida ionlanishi. Agar atom (molekula) uyg’onmagan bo’lsa, bir foton ta’sirida ionlanish yuz berishi uchun ionlashtirayotgan fotonning energiyasi hv (v — nurlanish chastotasi) ionlanish energiyasi IV dan kichik bo’lmasligi kerak. Hamma suyuqlik va gazlarning atomlari hamda molekulalari uchun W shundayki, hv>W shart faqat ultrabinafsha nurlar va yana ham qisqa to’lqin uzunlikka ega bo’lgan nurlar uchun o’rinli. Biroq Fotoionlanish pog’onaviy ionlanish hisobiga hv<W bo’lganda (mas, jadalligi katta bo’lgan ko’rinma yorug’lik bilan nurlantirilganda) ham kuzatilishi mumkin. Fotoionlanish ehtimolligi hv~W holda eng katta bo’ladi. hv— W ayirma (W) ga nisbatan kichik bo’lsa, Fotoionlanish vaqtida foton yutiladi. hv— W ayirma Fotoionlanish mahsulotlari (xususan, erkin elektronlar) ning kinetik energiyasiga aylanadi. Katta energiyali foton (rentgen nuri fotonlari, ukvant)lar Fotoionlanish aktida o’z energiyalarining bir qisminigina sarflaydi; bunda ularning chastotasi o’zgaradi. Bunday fotonlar modda orqali o’tishida ko’p sonli Fotoionlanish aktlari sodir qiladi. Fotoionlanish, masalan, atmosfera yuqori qatlamlarining ionlanish jarayonida muhim rol o’ynaydi.