FOTOYADRO REAKTSIYALAR YADRO FOTOEFFEKTI
FOTOYADRO REAKTSIYALAR YADRO FOTOEFFEKTI — atom yafosining UK-vantlarni yutishi natijasida protonlar r, neytronlar p yoki murakkabroq zarralar (deytronlar, azarralar va hokazolar) chiqarishi. Ko’p tarqalgan Fotoyadro reaktsiyalar: (u,p). (u,r), (u, 2p), (u, RP). Deytron, azarra va hokazolar murakkab zarralar chiqariladigan jarayonlarning ehtimolligi kamroq. Bo’linuvchi yadrolarda katta ehtimollik bilan (u, f) fotobo’linish reaktsiyalari boradi. ukvantlarning energiyasi zarralarni chiqarishga etmaganda fotonlarning elastik (u, u) va noelastik (u, /) sochilishi yuz beradi. u kvantlarning energiyasi mezonlarning tugilish energiyasidan katta bo’lganda, yadroning bo’linishi bilan birga fototug’ilish (masalan, pionlarning) jarayonlari ham boradi. Har qanday yadro reaktsiyasi kabi Fotoyadro reaktsiyalar ham ukvantlarni yutishning effektiv kesimi o bilan tavsiflanadi. a ukvantning energiyasi Eu ga bog’liq. <s(E^j bog’lanishning xususiyati gigant rezonans deb ataluvchi katta maksimumning mavjudligidir. Bu maksimumning kengligi bir necha MeV tartibida bo’lib, yengil yadrolar (12S, 16O) uchun Eu 20— 25 MeV, o’rta va og’ir yadrolar uchun 13-18 MeV soxdeida joylashgan.