FOYDA
FOYDA — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xo’jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi bo’lib, uning qonun-qoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlaydi. Amaliyotda Foyda (F) daromad (D) b-n xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). Foyda 3 omilga bog’liq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yaratish , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi ko’payadi, buning tarkibidagi Foyda ham ortadi; b) daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bog’liq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar o’zgarmay qolgan takdirda xarajatlarning pasayishi Foydani ko’paytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bog’liq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali Foydani ko’paytiradi. Shu sababli Foydani ko’p olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda Foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir bo’lib, ularning bozor narxi oshsa, o’zo’zidan va harajatlardan qat’iy nazar, Foyda ortadi. Narxning foydaga ta’siri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi Foyda ko’rish mumkin emas. Har qanday firma Foydani eng ko’p olishga, ya’ni uni maksimumlashtirishga intiladi, Foyda miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni ishga soladi. Foydaning o’z o’lchami bor. Bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (G'») nisbiy ko’rsatkich bo’lib, kapital qanday ishlatilib, qanday Foyda ko’rilganini bildiradi va u orqali Foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi. Foyda ko’rilgan. Foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. Foyda ko’rish tadbirkorlikning maqsadi bo’lganidan har doim Foyda normasini oshirishga intilish saqlanib qoladi. Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik ko’p bo’lsa, Foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar Foyda normasi goqori bo’lsa, oz kapital bilan ham ko’p Foyda olish mumkin, bordiyu Foyda normasi past bo’lsa, kapitalni ko’paytirib Foydani ko’paytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham Foyda normasi, ham kapital summasi katta bo’lishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan Foyda massasi qisqargan chog’da, bu yo’qotishni bartaraf etish uchun investisiyalar hisobidan kapital ko’paytiriladi. Olingan Foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital ko’payadi. Natijada Foyda normasi pasaygan chog’da ham olinadigan Foyda miqdori qisqarmaydi. Agar Foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq ko’paysa Foyda massasining ortishi yuz beradi. Qayerda hosil bo’lishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va boshqa Foyda turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil bo’lishiga qarab oddiy va ustama Foydaga bo’linadi. Oddiy Foyda erkin — mukammal raqobat sharoitida ko’pchilik tadbirkorlar oladigan Foydadir. Ustama Foydani firmaning monopol mavqei, ya’ni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qo’lida to’planishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, ya’ni narxlarga ta’sir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama Foyda oladi. Foyda nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad Foydadan iborat bo’ladi. Normal Foydani tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng bo’lishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashg’ul bo’lish o’rniga yollanib ishlash ma’qul bo’ladi. Bunday Foyda xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga o’tgan taqdirda normal Foyda ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy Foyda xarajatlar bilan daromad o’rtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu Foyda kapital egasiga tegadi. Omad Foydasi — bu Foydani bozor konyu’yunkturasidagi juz’iy o’zgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaqtinchalik oshib, narxlar ko’tarilganda omad Foydasi hosil bo’ladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik Foydasi ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi. Foyda ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar to’lanadi. Kapital qarzga olinganda Foydaning bir qismi foiz qarzlarini to’lashga ajratiladi. Foydaning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aktsiyadorlik jamiyati bo’lsa, Foydadan dividend to’lanadi, xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan so’ng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan Foyda hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik ko’p bo’lsa, firmaning o’z mablag’i hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta bo’ladi. Firmaning o’zida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga kelib qo’shiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Foyda bozor mexanizmidagi muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. Foydaga intilish resurslarni kerakli sohalar o’rtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib Foyda kam olinadigan sohalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo ko’chib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iqtisodiyot o’sadi. Foydaning ko’p bo’lishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi. Ahmadjon O’lmasov.