FOYDALI ISH KOEFFISIENTI

FOYDALI ISH KOEFFISIENTI (f.i.k.) — biron bir tizim (qurilma, mashina, dvigatel va boshqalar) sarflagan energiyaning samaradorligini ifodalovchi tushuncha; qancha energiya foydali ishga aylanishini, qancha energiya yo’qolishini ko’rsatadigan son (odatda, foizlarda ifodalanadi). Foydali ishga sarflangan energiyaning mashina olgan umumiy energiya miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. Issiqlik dvigatellaridagi f.i.k. — mexanik foydali ishning sarflangan issiklik mikdoriga nisbati, elektr transformatorlardagi f.i.k. — ikkinchi chulgamda olingan elektromagnit energiyasining birlamchi iste’mol chulg’amidagi energiyaga nisbati, elektr dvigatellaridagi f.i.k. — foydali mexanik ishning manbadan olingan elektr energiyasiga nisbatidan iborat va boshqalar. Mashinaning umumiy f.i.k. uning ayrim qismlari f.i.k.lari yigindisiga teng. Energiyaning turli ko’rinishda yo’qolishi tufayli f.i.k. hamisha 1,0 dan kichik bo’ladi. Takomillashgan elektr transformatorlarda f.i.k. 98— 99%, elektr generatorlarida 90-95%, ichki yonuv dvigatellarida 40-50% va issiklik elektr styansiyalarida 35-40%.