FOYDALI QAZILMALAR KONI

FOYDALI QAZILMALAR KONI – geologik jarayonlar natijasida yer osti va ustida yig’ilgan mineral moddalarning mikdori, sifati va sanoatda foydalanishga yaroqli sharoitda to’planib yotishi. Gaz (uglevodorod tarkibli yonuvchi gazlar va geliy, neon, argon, Kripton — yonmaydigan gazlar), suyuq (neft va er osti suvlari) va qattiq (qimmatbaho elementlar, kristallar, minerallar, tog’ jinslari) foydali qazilmalardan iborat konlar mavjud. Sanoatda foydalanishiga ko’ra, Foydali qazilmalar koni rudali, noruda, yonuvchi va gidrominerallilarga bo’linadi. Undan tashqari, yer osti suvlari (ichimlik, texnik, balneologik yoki mineral suvlar hamda neftli, brom, yod, radiy tarkibli va boshqa suvlar) konlari mavjud. Foydali qazilmalar koni yer ustida (ochiq konlar) yoki yer ostida (yopiq konlar) bo’lishi mumkin. Foydali qazilmalar koni Yer pusti rivojlanishining hamma davrlarida hosil bo’lgan. Paydo bo’lish joylariga qarab geosinklinal va platforma Foydali qazilmalar koniga ajratiladi. Konlarninghosil bo’lish sharoitiga qarab seriyalarga [sedimentogen (gipergen), magmat o gen (gipogen) va metamorfogen], seriyalar o’z navbatida, guruh, sinf va kichik sinflarga bo’linadi.