FOZILOV ERGASH ISMOILOVICH

FOZILOV ERGASH ISMOILOVICH (1933.10.3, Yangiyo’l shahri) — tilshunos turkiyshunos olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), Filologiya fanlari doktori (1967), professor (1976). Moskva universiteti Filologiya fakultetini va ayni paytda shu universitet qoshidagi Sharq tillari institutini tugatgan (1957). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida kichik va katta ilmiy xodim (196068), tarixiy-etimologik lug’atlar bo’limi mudiri (1968 — 82), ayni paytda direktor o’rinbosari (1974-82), Berlin unstituti Sharq tillari fakulteti professor (1982-86), Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi (1987-89), O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari (1990-92). Fozilovning ilmiy ishlari turkiy tillar, jumladan, o’zbek tilining shakllanish tarixi, taraqqiyot yo’llari, eski o’zbek tili grammatikasi, leksikasi tadqiqiga, 14— 15-asr yozma yodgorliklarini o’rganishga bagishlangan. Fozilov 4 jidli «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati» (1983— 85) tuzuvchilaridan biri. As: O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi, T., 1966; eski o’zbek tili. 14asr Xorazm yodnomalari, 13 j.lar, T., 1996, 1971, 1973; Xo’jandiy. Latofatnoma, T., 1976.