FRANCHAYZ

FRANCHAYZ (frans. franchise – imtiyoz, erkinlik) – ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko’rinishdan juda yaxshi foydalanishga bo’lgan huquq. Franchayzlar, odatda, davlat mulkidan foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish huquqini olish uchun hukumat organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish huquqini olish uchun xo’jalik subyektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek, franchayz (foydalanish huquqidagi imtiyozlar beruvchi subyekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni oluvchi subyektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.