FRANK (FRANCK) JEYMS
FRANK (FRANCK) JEYMS (1882.26.8, Gamburg — 1964.21.5, Gyottingen) — nemis fizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1964). Geydelberg universitetida o’qigan (1901-02). Berlin universitetini tugatgan (1906), ugla yerda 1917 yilgacha ishlagan, professor (1916 yildan). Berlin kimyo instituti fizika bo’limini boshqargan (1917-21). Gyotting Fizika instituti direktori (1921— 34), Xopkins universiteti professor (1935-36), Chikago universiteti professor (1938-47). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, molekulyar spektroskopiyaga oid. G. Gers bilan simob bug’i atomlarini elektronlar zarbi bilan uyg’otish va ionlashtirish bo’yicha qator eksperimentlar o’tkazib (Frank — Gers tajribasi) (1912-14), atom energetik sathlarining diskretligini isbotlovchi va bor atom nazariyasini tasdiqlovchi elektronlarning atomlar bilan to’qnashish qonunlarini kashf etdi. Flyuoressentsiya, fotokimyoviy jarayonlarni o’rgangan. Nobel mukofoti laureati (1925).