FRANKLAR

FRANKLAR – quyi va O’rta Reyn bo’ylarida milodiy 3-asrda yashagan qabilalar Ittifoqiga Birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va boshqalar). Adabiyotlarda 2 guruhga bo’lingan. 1-guruh (g’arbiy Franklar)ning negizini Sali (dengiz bo’yi; keltcha sal — dengiz) Franklari tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi bo’ylarida, 4-asr o’rtalarida esa Reyn daryosi sohillarida yashaganlar. 2-guruh (sohil Franklar) Reyn daryosining yuqori qismi bo’ylab Mayngacha bo’lgan hududda yashagan. Sali Franklari 4 asr o’rtasida rimliklar tomonidan tor-mor etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada qoldirilgan; 451 yil gunnlarga qarshi Katolaun jangit qatnashganlar. 5-asr boshida Sali Franklari Galliyann Sommagacha egallaganlar. Frank davlati (5-asr oxiri — 9-asr o’rtalari) tashkil topgan. Maas va Luara daryolari oralig’ida yashagan Franklar keyinchalik mahalliy aholi bilan singib ketib, shimoliy frantsuz, shuningdek, Vallon elatlari tarkibiga, Luaraning Jan. rog’ida yashovchi Franklar esa, Janubiy frantsuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn daryosining quyi havzasida yashovchi Franklar gollandlar va flamandlarning etnogenezida katta rol o’ynagan. Reyn daryosining o’rta oqimi bo’ylab va Maas daryosi havzasida yashovchi Franklarda o’ziga xos etnik xususiyatlar saklanib qolgan. Frankoniya (Franken) Germaniyadagi tarixiy viloyat. Ilk o’rta asrlarda franklar istiqomat qilgan hudud, 9-asr oxiri — 939 yilda Germaniya Qirolligining qabilaviy gersogliklaridan biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. Franklar nomi faqat Sharqiy Franklar (Mayn daryosi xavzasi) uchun saqlanib krlgan. Uning katta qismi 1803 yilda Bavariya tarkibiga kiritilgan.