FRANS I
FRANS I (1768-1835) — Avstriya hukmdori (1792 yildan; 1804 yildan Avstriya imperatori unvoniga ega bo’lgan). Gabsburglar sulolasidan. «Muqaddas Rim imperiyasi»ning so’nggi imperatori (1792-1806 yillarda Frans II nomi bilan). Yevropa monarxlarining Frantsiyaga karshi koalisiyasi tashabbuskorlaridan biri. Frans I davrida Avstriya 1792-1809 yillarda Frantsiya bilan bo’lgan 4 ta urushda yengilgan. Uning qizi Mariya Luiza 1810 yil Napoleon I ga turmushga chiqqan. Frans I — Napoleon imperiyasi barham topgach, Avstriya, Prussiya va Rossiya tomonidan tuzilgan Muqaddas ittifoq (1815) tashqi lotchilaridan biri.