FRANTSIYA KAMPANIYASI
FRANTSIYA KAMPANIYASI (1940. 10.5 — 24.6) — 2-jahon urushi davrida Frantsiyadagi hujumkorlik harakatlari. May oyida vermaxt qo’shinlari Lyuksemburg va Belgiya orqali hujum qilib, Kale rayonida Lamansh sohiliga yorib chiqqanlar va Angliya— Frantsiya—Belgiya armiyasini Dyunkerk rayonida qurshab olganlar. 1940 yil iyunida Germaniya qo’shinlari Frantsiyaning ichki hududiga hujum qilib, frantsuz armiyasini tormor keltirgan. Mag’lubiyatga Frantsiyaning taslimchilik xukumati va marshal A. Peten boshchiligidagi qo’mondonlikning xatti-harakati sabab bo’lgan. 22— 24 iyunda Frantsiya fashistlar Germaniyasi va Italiyaga taslim bo’lgan.